“WikiAntiKorrupsiya” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!
2026-03-19 15:20:00 / Yangiliklar

O‘zbek tilidagi sifatli kontentni ko‘paytirish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan “WikiAntiKorrupsiya” tanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur loyiha 2 mingga yaqin yoshni qamrab oldi. Yakunda 30 nafar faol ishtirokchining Milliy yoki CEFR sertifikatlari uchun imtihon topshirish xarajatlari qoplab berildi.
O‘zbek tilining internet maydonidagi nufuzini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan barcha bilimli yoshlarimiz bilan faxrlanamiz!






