Har bir qiz – kelajak yetakchisi!
2026-03-12 18:30:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida yosh xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Qizlar forumi” bo‘lib o‘tmoqda.

Respublika bo‘ylab ming nafarga yaqin faol qizlar, talabalar va yosh mutaxassislarni jamlagan ushbu tadbirni Yoshlar ishlari agentligi direktorning birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova ochib berdi.
Ikki kunlik forum doirasida qizlarimiz o‘z sohasining yetuk vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qiladilar.
Forum davomida “Qizlar akademiyasi”ning yangi kasbga yo‘naltirilgan kurslari anons qilinib, “Qizlar ovozi” klubi faoliyati taqdimoti o‘tkaziladi. Interaktiv uchrashuvlar, viktorina va ko‘rgazmalarga boy forum yakunida eng iqtidorli hamda tashabbuskor qizlar munosib taqdirlanadi.









