Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi
2026-02-19 19:25:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ishlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotganingiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda xalqaro maydonda faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, loyihalarni moliyalashtirish va hayotga tatbiq etish bevosita Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi qaroriga asoslanadi. Kengash tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilgan va yoshlar ijtimoiy hayotidagi dolzarb ahamiyati yuqori baholangan “Green Zone” dasturi loyiha taklifi ushbu jarayonlarda ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqildi. Mazkur loyiha “Butunjahon yoshlar ofisi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ijtimoiy va ekologik faolligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
“Green Zone” dasturi — yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ilmiy asoslangan media kontent yaratish hamda ekoforum va volontyorlik aksiyalari orqali ularni iqlim kun tartibiga faol jalb etishga qaratilgan tashabbusdir. Dastur yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish, “Yashil tafakkur”ni shakllantirish va amaliy ekologik harakatlarni kengaytirishni maqsad qiladi.








