“Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi start olmoqda
2026-03-03 10:35:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovi yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a’zosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
“Yosh kitobxon oila” tanlovining yangi mavsumida 96 mingga yaqin yosh oilalar ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (Ma’lumot uchun 2024 yilda 94 ming oila).
O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yosh oilalar Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
Tanlovda 1995-2005 yillar oralig‘ida tug‘ilgan yosh oilalar
(er va xotin) ishtirok etish huquqiga ega.
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqich tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib, yosh oilalardan arizalar qabul qilinadi (https://t.me/kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘tiladi) va ishtirokchilar test sinovi (25 ta test savollariga javob beriladi) asosida saralanadi. Test natijalariga ko‘ra tuman (shahar) kesimida eng ko‘p ball to‘plagan 1 oila (1 tadan ko‘p oila o‘rtasida qayta test olish orqali saralanadi) keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Ikkinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:
“Badiiy asarlar bilimdoni” sharti. Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod yoki she’riy parcha o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini yoki she’riy parchada tushirib qoldirilgan so‘zni topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi.
“Tezkor savol-javob” sharti. Tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 10 ta savolga 10 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 5 ta savolga oila boshi, 5 ta savolga xotin javob berishi shart). G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 ta oila vakillari respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.
Uchinchi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, teletanlov shaklida, quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
2-shart. “Insho yozish” sharti.
3-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
Tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin – diplom, hududiy bosqichga yo‘llanma, 2- o‘rin – 15 ta kitob, diplom, 3-o‘rin – 10 ta kitob, diplom;
Hududiy bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin – diplom, respublika bosqichiga yo‘llanma, 2-o‘rin – 1 dona televizor 43”, diplom, 3-o‘rin – 1 dona televizor 43”, diplom, qolgan barcha ishtirokchilar sovg‘a va sertifikat;
Respublika bosqichi g‘oliblari 1-o‘rin – Prezident sovg‘asi – “BYD” elektromobil mukofoti, kitoblar to‘plami, diplom, 2-o‘rin – 50 million so‘m pul mukofoti, kitoblar to‘plami, diplom, 3-o‘rin – 30 million so‘m pul mukofoti, kitoblar to‘plami, diplom, qolgan barcha ishtirokchilar 10 million so‘mdan pul mukofoti, kitoblar to‘plami, sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ta’kidlash lozimki, tanlov jarayonlari to‘liq televizion formatda suratga olinadi hamda efirga uzatib boriladi.
“Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing
|
T/r |
Hudud nomi |
F.I.O |
Yashash joyi (tuman/shahar, MFY nomi) |
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Yuldashev Tazabay Niyetbay uli |
Qonliko‘l tumani “Tung‘ish qonis” MFY |
|
Qaljanova Juldiz Nurlanovna |
|||
|
2. |
Andijon viloyati |
Maxammadjonov Ne‘matillo Dilshodbek o‘g‘li |
Buloqboshi tumani “Ko‘prikboshi” MFY |
|
Maxammadjonova Mushtariybonu Jamoliddin qizi |
|||
|
3. |
Buxoro viloyati |
Juraev Jakhongir |
Buxoro tumani “Madaniyat-Rabot” MFY |
|
Islomova Sarvinoz Jasur qizi |
|||
|
4. |
Jizzax viloyati |
Jabbarov Diyorbek Sindor o‘g‘li |
Baxmal tuman “Muzbuloq” MFY |
|
Jabbarova Xursanoy Xusniddin qizi |
|||
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Rashidov Baxtishod Baxtiyor o‘g‘li |
Qamashi tumani “Qushkapa” MFY |
|
Xushvaqtova Ezoza Mirobid qizi |
|||
|
6. |
Navoiy viloyati |
Pardayev Rustam Istam o‘g‘li |
Xatirchi tumani “Koriz Arab” MFY |
|
Rizayeva Mahliyo Qambariddin qizi |
|||
|
7. |
Namangan viloyati |
Sotiboldiyev Javohir Nasriddin o‘g‘li |
Mingbuloq tumani “O‘zgarish” mahallasi |
|
Nabijanova Gulmira G‘olibjon qizi |
|||
|
8. |
Samarqand viloyati |
Yarashov Muxammadali Baxtiyor o‘g‘li |
Urgut tumani “Buloqboshi” mahallasi |
|
Yarashova Sayxuna Iskandar qizi |
|||
|
9. |
Sirdaryo viloyati |
Zaripov Azizbek Ro‘ziboy o‘g‘li |
Sayxunobod tumani “Ittifoq” MFY |
|
Zaripova Zuhra Farhod qizi |
|||
|
10. |
Surxondaryo viloyati |
Javmirov Otabek Azamat o‘g‘li |
Muzrabot tumani “Bog‘ishamol” MFY |
|
Shaymurova Farzona G‘ulomjon qizi |
|||
|
11. |
Toshkent viloyati |
Eshonqulov Javohir Baxodir o‘g‘li |
Chirchiq shahar “Quyosh” MFY |
|
Eshonqulova Svetlana Viktorovna |
|||
|
12. |
Farg‘ona viloyati |
To`lqinov Shukurjon Sherali o‘g‘li |
Buvayda tumani “Ozod ” MFY |
|
Xalilova Sayyoraxon Tolibjon qizi |
|||
|
13. |
Xorazm viloyati |
Rajabov Xudashkur Murodjon o‘g‘li |
Tuproqqal’a tumani “Yo‘ldosh Oxunboboyev” MFY |
|
Rajabova Nasiba Jumaboy qizi |
|||
|
14. |
Toshkent shahri |
Sattorov Ismoil Shuhrat o‘g‘li |
Sergeli tumani “O‘zgarish” mahallasi |
|
Suyunboyeva Mohichehra To‘lqin qizi |
