Xorijiy tillarni o‘rganish endi yanada qulay
2026-02-10 13:00:00 / Yangiliklar

Ko‘pchilik yoshlarimiz va o‘quv markazlari uchun davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “2+6” dasturining (https://t.me/alisher_sadullaev/5243) qisqa muddatdagi natijalari bilan bo‘lishamiz.
Ma’lumki, dastur orqali o‘quvchilar dastlabki 2 oylik to‘lovni o‘z hisobidan amalga oshiradi, keyingi 6 oylik o‘qish xarajatlari esa davlat tomonidan subsidiya asosida qoplab beriladi.
Qisqa vaqt (2 hafta) ichida 769 nafar yosh va 326 ta o‘quv markazi tomonidan arizalar kelib tushdi. Shulardan 134 ta o‘quv markazi bilan hamkorlik tasdiqlandi.
Hududlar kesimida natijalar:
Dastur doirasida o‘qish istagini bildirgan yoshlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar:
1. Toshkent shahri — 157 nafar;
2. Surxondaryo viloyati — 127 nafar;
3. Farg‘ona viloyati — 109 nafar.
Faol o‘quv markazlari bo‘yicha yetakchi hududlar:
1. Samarqand viloyati — 54 ta;
2. Toshkent shahri — 39 ta;
3. Xorazm viloyati — 34 ta.
Esalatib o‘tamiz, dastlabki bosqichda 2plus6.uz sayti orqali o‘quv markazlari ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘quv markazlari ro‘yxati tegishli tartibda tasdiqlangach, yoshlar “Yonda” ilovasi orqali ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Savol va murojaatlar uchun: t.me/yonda_support_bot
