“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi
2025-12-22 15:00:00 / Yangiliklar

“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi
O‘zbekistonda yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va eng sara ilmiy-ommabop kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish maqsadida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi ishga tushirildi.
Loyiha doirasida 6 oy mobaynida 90 ta kitob saralandi. Saralangan kitoblarning 55 tasi nashrga tayyorlandi. Shuningdek, jami 27 ta kitob 81 ming nusxada chop etildi.
Tarjima qilingan 27 xil kitob quyidagi tashkilot va muassasalarga taqdim etildi:
-
oliy ta’lim muassasalariga — 9 357 ta,
-
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalariga — 11 358 ta,
-
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda uning tizimidagi axborot-kutubxona markazlariga — 60 285 ta.
Umuman olganda, kitoblar jami 81 000 nusxada tarqatildi.
Loyiha izchil davom ettiriladi. Xususan, 2026-yilda 60 ta kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilish rejalashtirilgan.


