“Cargolux Airlines” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga muntazam yuk tashish parvozlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi
2026-11-17 10:30:00 / Yangiliklar
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Lyuksemburgning “Cargolux Airlines” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga muntazam yuk tashish parvozlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

“Cargolux Airlines” aviakompaniyasining parvozlari “Navoiy” xalqaro aeroportiga B747F rusumli yuk tashuvchi havo kemalarida amalga oshiriladi.
