21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
2026-10-20 18:15:00 / Yangiliklar

O‘zbek tili — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy o‘zligi, ma’naviyati va bebaho qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ulug‘ merosdir. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzi va qo‘llanish doirasini kengaytirish, kelajak avlodga boy va betakror meros sifatida yetkazish barchamizning muhim burchimizdir.
Davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, uni rivojlantirish hamda barcha sohalarda keng qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar milliy o‘zligimizni asrash, xalqimizning birligi va hamjihatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va birligimiz timsolidir!
“O‘zaviatsiya” agentligi
