Tarix saboqlari - millat xotirasi va kelajak mas’uliyati
2026-10-20 17:25:00 / Yangiliklar

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurib, xalqimiz tarixining eng og‘riqli sahifalari, millat ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizning hayoti va taqdiri bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey ekspozitsiyalarida aks etgan tarixiy hujjatlar va eksponatlar o‘tmishning achchiq haqiqatlarini yodga solib, erkinlikning qadriga yetish, milliy o‘zlikni asrash va tarixiy xotirani avaylash naqadar muhim ekanini yana bir bor anglatadi.
Bu tashrif shunchaki tarix bilan tanishuv emas, balki ajdodlar xotirasi oldidagi ehtirom, Vatanga sadoqat va kelajak uchun mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy saboqdir.
Zero, tariximizni unutmaslik — ajdodlarimizni hurmat qilish, bugungi tinch va erkin hayotimizning qadriga yetish hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizni his etish demakdir.





