Parvozlar xavfsizligi — o‘z qo‘limizda!
2026-09-17 17:00:00 / Yangiliklar
Siz fuqaro aviatsiyasi xodimi yoki xavfsizlikka befarq bo‘lmagan yo‘lovchi bo‘lsangiz hamda bortda yoki yerda yashirin xavf, texnik nosozlik yoki xavfli vaziyatni sezsangiz, parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar haqida “O‘zaviatsiya” agentligiga ixtiyoriy ravishda xabar yuboring.

🛡 Bizning kafolatlarimiz:
• Anonimlik: to‘liq maxfiylik kafolatlanadi.
• Jazodan himoya: ushbu tizim javobgarlikka tortish uchun emas, balki xatarlarning oldini olish va parvozlar xavfsizligini oshirish maqsadida yaratilgan.
📲 Xabarni qanday yuborish kerak?
m.uzcaa.uz saytiga o‘ting va shaklni to‘ldiring.
Jim turmang! Bir necha daqiqa ajrating va osmonimizni xavfsizroq qilishga o‘z hissangizni qo‘shing.
📞 +998 71 200-07-65
✉️ ir@uzcaa.uz

