Hurmatli yurtdoshlar!
2026-08-31 10:45:00 / Yangiliklar
Sizni va oilangizni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng aziz bayramlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “O‘zaviatsiya” agentligi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar yor bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
