Havo floti kuni muborak bo‘lsin!
2026-08-16 12:55:00 / Yangiliklar
Barcha aviatsiya xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Aviatsiya — bu xavfsizlik, mas’uliyat, professionallik va O‘zbekistonni dunyo bilan bog‘lovchi ishonchli yo‘ldir. Uchuvchilar, bort kuzatuvchilari, aviadispetcherlar, muhandislar, aeroportlar va aviatsiya xizmatlari mutaxassislari hamda sohaning barcha fidoyi xodimlarining mehnati tufayli mamlakatimiz havo transporti izchil rivojlanib, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlab bormoqda.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, kasbiy muvaffaqiyatlar, yangi marralar va faqat xavfsiz parvozlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin! Osmoningiz musaffo, parvozlaringiz bexatar, qo‘nishlaringiz doimo muvaffaqiyatli bo‘lsin!
