Hurmatli hamkasblar!
2026-08-15 21:10:00 / Yangiliklar

O‘tgan yillar davomida «Uzbekistan Airports» AJ O‘zbekiston Respublikasi aeroport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda fuqaro aviatsiyasi standartlarini takomillashtirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Jamoaning professionalligi, mas’uliyatli yondashuvi va hamjihatlikdagi samarali mehnati tufayli kompaniya yirik loyihalarni ishonchli amalga oshirib, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning muhim aviatsiya va transport markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
«Uzbekistan Airports» AJga kelgusida ham jadal rivojlanish, yangi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ishonchli hamkorlar va yangi yutuqlar tilaymiz!
Barcha jamoa a’zolariga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy muvaffaqiyatlar va yangi yuksakliklar sari ishonchli qadamlar tilaymiz!
Hurmat bilan, «O‘zaviatsiya» agentligi
