“O‘zaviatsiya” agentligi Aviatsiya tibbiyoti bo‘limi mutaxassislari “Uzbekistan Airways” AJning O‘quv-mashg‘ulot markazida stajirovka o‘tashdi
2026-07-27 13:00:00 / Yangiliklar

Tashrifning asosiy maqsadi ICAOning xalqaro talablariga muvofiq uchuvchilar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini saqlash va oshirish tizimini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida mutaxassislar turli tipdagi havo kemalari uchuvchilarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy aviatsiya trenajyorlari, shuningdek, ekipajlarning odatiy, alohida va favqulodda vaziyatlardagi harakatlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali tayyorlash jarayoni bilan tanishdilar.
Shuningdek, ular parvoz oldi va parvozdan keyingi tahlillarni o‘tkazish tartibi, ekipajlar faoliyatini baholash usullari hamda parvozlar xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan yondashuvlarni o‘rgandilar.
Olingan bilimlar Aviatsiya tibbiyoti bo‘limi mutaxassislariga uchuvchilar tarkibining kasbiy faoliyati xususiyatlarini, ularning mehnat qobiliyati va sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi omillarni yanada chuqurroq anglash, shuningdek, ICAO standartlariga muvofiq aviatsiya tibbiy ko‘rigini takomillashtirish imkonini beradi. Bu esa parvozlar xavfsizligi darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.



