O‘zbekiston va IKAO o‘rtasida xamkorlik
2026-06-09 17:40:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish IKAOga a’zo davlatlarning aviatsiya organlarining samarali va barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida qonunchilik, institutsional va moliyalashtirish asoslari, IKAOning uzoq muddatli global maqsadlari, aviatsiya sohasida inqirozga tayyorgarlik va javob choralarini kuchaytirish, uchuvchisiz uchish aviatsiya tizimlari va tijorat kosmik transport operatsiyalarining xavfsiz va samarali integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlanadi.
Ushbu xalqaro yig‘ilishda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori boshlichiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Delegatsiya mamlakatimizning fuqaro aviatsiyasi sohasidagi islohatlar yuzasidan taqdimot qilishi hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish masalalari yuzasidan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


