“O‘zaviatsiya” agentligida “Sport kuni” tadbirlari yo‘lga qo‘yildi
2026-06-09 12:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi 25-son bayon topshiriqlarining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zaviatsiya” agentligida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan “Sport kuni” tadbirlarini muntazam tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

“Sport kuni” tadbirlarida agentlik xodimlari faol ishtirok etib, jismoniy chiniqish, sog‘lom raqobat va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu kabi tadbirlar xodimlarning ish unumdorligini oshirish, sog‘lom va faol hayot tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida ham “O‘zaviatsiya” agentligida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilgan.



