“Centrum Best MRO” MChJ QK sertifikatsiyadan o‘tdi va fuqaro havo kemalarining komponentlariga texnik xizmat ko‘rsatish huquqi berildi
2026-05-15 18:40:00 / Yangiliklar
“O‘zaviatsiya” agentligi “Centrum Best MRO” MChJ qo‘shma korxonasining Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi Yagona nizomga 57-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori) da belgilangan ruxsat etishga oid talab va shartlariga muvofiqligiga sertifikatsiya tekshiruvini o‘tkazdi.

Tekshiruv natijalari va xulosasiga ko‘ra, “Centrum Best MRO” MChJ qo‘shma korxonasiga 2026-yil 15-mayda, amal qilish muddati uch yil bo‘lgan UzCAA.145.008 raqamli texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati berilgan.
“Centrum Best MRO” MChJ qo‘shma korxonasi My Freighter aviakompaniyasi (Centrum Air tijorat nomi) ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, Airbus va Boeing havo kemalarining g‘ildiraklari, tormoz tizimlari va akkumulyator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash ishlarini mustaqil amalga oshirish huquqiga ega.



