“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi
2026-11-25 / Voqealar taqvimi
Joriy yilning 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “CaEx” ko‘rgazma markazida “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2026) bo‘lib o‘tadi.

Mazkur yarmarka mamlakatimizdagi eng yirik va nufuzli turistik tadbir bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy turizm kompaniyalari, mehmonxonalar, transport tashkilotlari, shuningdek, turizm sohasida faoliyat yurituvchi davlat va xususiy tuzilmalar ishtirok etadi.
