Samarqandda YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
2025-10-30 16:55:00 / Yangiliklar
Buyuk ipak yo‘lining asosiy sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Samarqandda YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi bo‘lib o‘tayapti. Tadbir o‘nlab mamlakatlar vakillarini jamlab, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.

Tadbirda YUNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Sin Syuy va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, Prezident Administratsiyasi kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari Gayane Umerova tabrik so‘zi bilan chiqish qildi. U o‘z murojaatida Samarqandning sivilizatsiyalar chorrahasi sifatidagi ramziy ma’nosini qayd etib, mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik va hamjihatlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida barqaror turizmni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi va targ‘ib qilindi.





