Xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari
2025-10-30 11:30:00 / Yangiliklar
Turizm qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni bilan tasdiqlangan “Tourist friendly” (“Turistlarga mehmondo‘stlik”) tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida Bojxona qo‘mitasi hamda Toshkent xalqaro aeroportida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari 23-24-oktyabr kunlari nazariy va amaliy tarzda o‘tkazildi. Toshkent xalqaro aeroportida offlayn hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi xalqaro aeroportlar bojxona va chegara xodimlari uchun onlayn formatda amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish hamda o‘zbek-osiyo tillari elektron tarjimonlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.






