Italiyaning “Rai 3” telekanali ijodiy guruhi O‘zbekistonda
2025-10-29 18:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonning turistik salohiyatini Italiyada keng targ‘ib qilish maqsadida Turizm qo‘mitasi va mamlakatimizning Rimdagi Elchixonasi bilan birgalikda Italiya Respublikasining “Rai 3” telekanali vakillarining O‘zbekistonga ijodiy safari tashkil etildi.

Tashrif doirasida ijodiy guruh tomonidan Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Toshkent shaharlarida tasvirga olish ishlari amalga oshirildi. Mehmonlar Toshkentda zamonaviy shahar hayoti bilan tanishib, Samarqand va Buxoroda qadimiy me’moriy yodgorliklarni Navoiy viloyatida safari va etno turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishadilar.
Ushbu loyiha O‘zbekistonning turizm salohiyatini nafaqat Italiyada, balki butun Yevropa bozorida kengroq tanitish, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy, madaniy, gastronomik, safari va etno turizmini targ‘ib etish orqali Italiya davlatidan keladigan sayyohlar sonini oshirishga erishish maqsad qilingan.








