“Silk Road Tourism Awards” tanlovi tashkil etiladi
2025-10-29 11:00:00 / Yangiliklar

Tanlov 10 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi: “Kirish turizm yo‘nalishida eng faol turoperator”, “Ichki turizm yo‘nalishidagi eng faol turoperator”, “Ziyorat turizm yo‘nilishidagi eng faol turoperator”, “Xorijiy sayyohlarni qabul qilishda eng faol sanatoriy”, “Tibbiy turizm targ‘ibotini tashkil qilishda eng faol sanatoriy”, “Xorijiy sayyohlarni qabul qilishda eng faol oilaviy mehmon uyi”, “Qo‘shimcha xizmatlar tashkil qilgan kreativ oilaviy mehmon uyi”, “Turizm logistikasida faol transport tashkiloti”, “Eng faol gid”, “Eng kreativ gid”.
Tanlov ikki bosqichda tashkil qilinib, dastlab tanlovda ishtirok etish maqsadida bo‘lgan turizm vakillari o‘z hududining turizm boshqarmalariga elektron shaklda ariza bilan 10-noyabr sanasiga qadar murojaat qiladi hamda so‘nggi 2-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim qiladi.
Keyingi bosqichda barcha hududlardan saralab olingan 10 ta nominatsiya bo‘yicha turizm sohasi vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mahalliy aholi hamda turistlar tomonidan onlayn ovoz berish uchun 18-noyabr sanasiga qadar maxsus veb-saytga joylashtiriladi.
Joriy yilning 23-noyabr sanasi onlayn ovoz berishning yakuniy kuni hisoblanadi va nominatsiyalar kesimida eng ko‘p onlayn ovoz to‘plagan ishtirokchi tanlov g‘olibi hisoblanadi.
Tanlov g‘oliblari 29-noyabr kuni CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan) markazida “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida taqdirlanadi.
