Samarqanddagi xalqaro art-loyiha shaharning madaniy va turistik imijini mustahkamlamoqda
2025-10-29 09:30:00 / Yangiliklar

Markaziy Osiyoda ilk bor butun O‘zbekiston bolalarining tinchlik, umid va birdamlik g‘oyalarini mujassam etgan 1000 dan ortiq rasmlaridan tashkil topgan yelkan o‘rnatildi.
Loyiha ochilishi YUNESKO Yoshlar forumi doirasida o‘tkazilib, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan yosh ijrochilar ishtirokidagi x bolalar konserti bilan birga nishonlandi.
Orkestrlar, ansambllar va xor jamoalari loyihaning muloqot, ijodkorlik va madaniyatlararo almashinuvni targ‘ib etishdan iborat pirovard maqsadini ta’kidlab, mumtoz va an’anaviy asarlarni taqdim etdilar.
2005 yilda Misrda debyut qilinganidan buyon “Bag‘rikenglik kemasi” dunyoning 20 ga yaqin shahriga sayohat qilib, “tinchlik va birdamlikning tirik yodgorligi” sifatida tan olingan.









