Mamlakatimizda noyabr oyi “Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan chegirmalar
2025-10-28 09:15:00 / Yangiliklar

Xususan, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
“Uzbekistan Airways” 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun barcha iqtisodiy klass chiptalariga 15 foizgacha chegirma taqdim etadi. Ushbu taklif aviakompaniyaning 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha bo‘lgan ichki parvozlarida amal qiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” ushbu toifadagi fuqarolar uchun barcha ichki yo‘nalishlardagi poyezdlarga (“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlaridan tashqari) yo‘l haqining tarif qismidan 20 foiz chegirma e’lon qiladi.
Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari uchun 10 foizgacha hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarga 20 foizgacha chegirmalar joriy qilingan.
Sayohat davomida xavfsizlik va salomatligingizni asrashingiz hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishingiz tavsiya etiladi.
