O‘zbekiston Shvetsiyada turizm salohiyatini namoyish etdi
2025-10-27 16:15:00 / Yangiliklar

"Visit Uzbekistan" milliy stendi forum ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mamlakatimizdan Turizm qo‘mitasi, mamlakatimizning Shvetsiyadagi elchixonasi vakillari, shuningdek, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari delegatsiyalari ishtirok etdi.
Ko‘rgazmaning uch kuni mobaynida xalqaro sayyohlik kompaniyalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va soha mutaxassislari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda mamlakatning sayyohlik brendini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan Farg‘ona viloyatining turizm imkoniyatlari taqdimoti ishtirokchilarning alohida e’tiborini jalb etdi. Mehmonlarga hududning go‘zal tabiati, tarixiy yodgorliklari, hunarmandchiligi va madaniy an’analarini aks ettiruvchi videolavhalar va fotosuratlar namoyish etildi.
O‘zbekistonning xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etishi "Visit Uzbekistan" milliy brendini mustahkamlashga, mamlakatning sayyohlik salohiyati, tarixiy va madaniy merosini targ‘ib qilishga, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.



