Ko‘hna Xivada “Gilamlar jilosi” xalqaro ko‘rgazma-festivali bo‘lib o‘tdi
2025-10-20 10:10:00 / Yangiliklar

Ming yillik tarixga ega gilam to‘qish san’atini, milliy naqshlar va bezaklarning ramziy ma’nosini, hamda bugungi zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashuvini keng jamoatchilikka ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma-festivalda O‘zbekiston hunarmandlari bilan bir qatorda Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Erondan kelgan hunarmandlar va dizaynerlar o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar.
Festival doirasida gilamchilik san’atining turli maktablari, uslublari va o‘ziga xos an’analari namoyish etilib, turli viloyatlarga xos gilamlar ko‘rgazmasi, qo‘l mehnati bilan to‘qilgan tabiiy bo‘yoqli gilamlar, madaniy dasturlar, kuy-qo‘shiqlar va xalq raqslari, “Gilam tariximiz va bugunimiz” mavzusida konferensiya hamda milliy suvenirlar va xalq amaliy san’at yarmarkasi tashkil etildi.





