Xitoyda O‘zbekistonning asosiy sayyohlik yo‘nalishlari taqdim etildi
2025-09-30 11:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda Xitoyning davlat idoralari, turoperatorlari va investitsiya kompaniyalaridan 130 dan ortiq vakil ishtirok etdi. Ishtirokchilarga O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlari, shuningdek, turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar namoyish qilindi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston hududlarining investitsiya va sayyohlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Samarqand va Toshkent viloyatlarining loyihalari, jumladan “Chorvoq” sayyohlik-dam olish zonasi hamda “Arda Xiva” sayyohlik majmuasi, shuningdek, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida turizmni rivojlantirish istiqbollari taqdim etildi.
Roadshow natijalariga ko‘ra, ikki davlat sayyohlik kompaniyalari va tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bir qator bitimlar imzolandi. Bu O‘zbekiston turizm sohasiga sarmoyalarni jalb etish va ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.






