O‘zbekiston “Tourism EXPO Japan” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
2025-09-26 11:30:00 / Yangiliklar

Ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ham mamlakat turizm imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan milliy stend bilan ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibidan mamlakatimizning yirik sayyohlik kompaniyalari, “Chorvoq” va “Zomin” turizm rekreatsion zonalari hamda “Uzbekistan Airways” AJ vakillari o‘rin olgan.
Dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 12 ming ishtirokchi qatnashayotgan ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy kompaniyalari vakillari ishtirokida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarni yangi sayyohlik yo‘nalishlari va mavjud turizm salohiyati bilan tanishtirgan holda Yaponiyadan va xalqaro tadbirda ishtirok etayotgan bir qator xorij davlatlaridan sayyohlarni jalb qilish va ularning sonini ko‘paytirishga e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar o‘zbek milliy san’ati va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan iborat madaniy dasturni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.




