Ellikqal’ada “Sahro sadosi” III xalqaro festivali o‘tkaziladi
2025-09-25 12:05:00 / Yangiliklar
4–5-oktyabr kunlari Turizm qo‘mitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” III xalqaro festivali tashkil etiladi.

Festivalning asosiy maqsadi Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandlar hamda ushbu hududning turizm maskanlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Ikki kunlik tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro treninglari, To‘proq qal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert o‘tkaziladi.
