Turizm qo‘mitasi xodimlari sohani rivojlantirish bo‘yicha Yaponiya tajribasini o‘rganishdi
2025-09-11 16:25:00 / Yangiliklar

Seminarni Bunkyo Xokkayd universiteti professori, Hududiy rivojlanish markazi direktori, mintaqaviy iqtisodiyot va turizm sohasida 50 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Shuji Koiso olib bordi. U barqaror turizmni rivojlantirish va sohaning iqtisodiy o‘sishdagi ahamiyatini oshirish bo‘yicha Yaponiya amaliyotini taqdim etdi.
Qo‘mita xodimlari yaponiyalik mutaxassisning tajribasini o‘zlashtirib, turizm statistikasidan foydalanishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qilish va turizmni mintaqaviy rivojlanish strategiyasiga samarali integratsiya qilish misollarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qo‘lga kiritilgan bilimlar O‘zbekistonning turizm sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusi ishlarga muhim poydevor bo‘ladi.





