III “Dunyo sadolari” festivali Xonobodni turizm markaziga aylantirdi
2025-08-18 15:30:00 / Yangiliklar

Uch kunlik katta bayram nafaqat yurtimiz ahli, balki qo‘shni davlatlardan kelgan minglab sayyohlarni ham bir joyga to‘pladi. Maqsad — yurtimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, sayyohlar oqimi oshirish va Xonobodni barqaror turizm yo‘nalishi sifatida tanitish bo‘ldi.
Festival davomida Turkiyadan Mustafa Sandal, Erondan Arash, Italiyadan In-Grid, Hindistondan Alisha Chinai hamda mashhur “Arabesque” guruhi ishtirok etdi. Shu bilan birga, o‘zbek estrada yulduzlari sahnada jonli ijro namoyish etdilar.
Sahna atrofidagi madaniy ko‘rgazmalar, milliy oshxona festivallari, hunarmandchilik yarmarkalari va sport musobaqalari esa Xonobodni haqiqiy turizm markaziga aylantirdi.
Uch kun ichida 600 mingdan ziyod mehmon tashrif buyurdi, mexmon uylari, qishloq turizmi yo‘nalishidagi xonadonlar to‘ldi. Mehmonlar nafaqat konsert dasturlaridan, balki shaharning tabiiy go‘zalligi, havosining musaffoligi va milliy taomlardan ham bahramand bo‘ldilar. “Dunyo sadolari” nafaqat milliy san’at bayrami, balki Xonobodning zamonaviy turizm yo‘nalishidagi yangi brendiga aylandi.







