Turkmanistonning milliy aviakompaniyasi bort jurnali Xiva haqida hikoya qiladi
2025-08-15 11:35:00 / Yangiliklar

Maqola o‘quvchilari mintaqaning tarixiy diqqatga sazovor joylari, jumladan, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva muzey-shahri bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Nashrda shuningdek, mintaqaning noyob me’moriy inshootlari, an’anaviy hunarmandchiligi, milliy taomlar va zamonaviy hayoti haqida ham batafsil ma’lumot berilgan.
“Turkmenistan Airlines” aviakompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik aviatashuvchilardan biri hisoblanib, har yili mamlakat ichida va tashqarisida 4 milliondan ortiq yo‘lovchiniga xizmat ko‘rsatadi. “Lochin” bort jurnali Turkmaniston fuqarolari va xorijiy mehmonlar uchun sayyohlik yo‘nalishlarini va diqqatga sazovor joylarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazm haqidagi maqola O‘zbekistonning eng muhim tarixiy hududlaridan birining sayyohlik imkoniyatlari to‘g‘risidagi tasavvurni kengaytirishga xizmat qiladi, shuningdek, Turkmaniston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi madaniy va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi.
