O‘zbekistonga xorijiy sayyoh tashrif soni o‘sishi davom etmoqda
2025-08-11 17:20:00 / Yangiliklar

Xorijiy turistlar oqimi ayrim davlatlar bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada o‘sdi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan sayyohlar soni 2,9 barobarga, Yaponiyadan kelganlar 1,5 barobarga ko‘paygan.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, AQSh va Turkiyadan tashrif buyurgan sayyohlar soni 1,2 barobarga o‘sgan bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Italiya, Malayziya va Hindistondan kelgan turistlar soni 1,1 barobarga oshgan.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, turistik ob’ektlar va infratuzilmani yangilash, shuningdek, mamlakatimizning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samarasi ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mahalliy va xalqaro turizmni rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish ham turizm sohasida ijobiy o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda.
