O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilindi
2025-08-01 09:05:00 / Yangiliklar

Qolaversa, suvni yetkazib berish xizmati uchun to‘lovlar suv yetkazib berish xarajatlarini qoplashi hamda suv yetkazib beruvchining rentabelligini ta’minlashi zarurligi belgilanmoqda. Bundan tashqari, suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish shartlari belgilab berilib, suvdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish shartlari soddalashtirilmoqda.
Qonun loyihasi bilan suv fondi yerlari, shu jumladan tabiiy suv manbalari hududlari (daryolar, soylar, jilg‘alar, ko‘llar, botqoqliklar va buloqlar) Suv xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy tizim tashkilotlarining balansiga o‘tkazilishi ham taklif etilmoqda.
Qonun 30-oktabrda kuchga kiradi. Unga davr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, bekor qilishadi.
