Samarqand viloyatining turizm salohiyati Yaponiyada targ‘ib qilindi
2025-07-28 12:10:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir doirasida Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan viloyatning turizm salohiyatiga oid taqdimot namoyish etildi. Tadbirda Yaponiyaning nufuzli turizm sohasi vakillari ishtirok etib, Samarqandning sayyohlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida Samarqand viloyatining madaniy dasturlari va badiiy chiqishlari namoyish etildi, shuningdek, hunarmandchilik ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Ushbu namoyishlar yaponiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda Yaponiyaning Nara prefekturasidagi yetakchi turizm kompaniyalari o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlar natijasida kelgusida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.




