O‘zbekiston Rossiyadagi “Divo Mira” xalqaro sayyohlik kinofestivalining ikkinchi bosqichida (yarim final) ishtirok etdi
2025-07-23 08:55:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun: “Divo Mira” mamlakatlar obro‘yini oshirish va turizmni rivojlantirish maqsadida sayyohlik kinofestivallarini o‘tkazishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotdir.
Yoshkar-Olada bo‘lib o‘tgan ikkinchi bosqichda Armaniston, Belarus, Vyetnam, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, KXDR, BAA, Serbiya, Singapur, Tailand, Turkiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning vakillari qatnashdi. Festival doirasida sayyohlik videoroliklarining namoyishi, turizm va vizual media sohasidagi tendensiyalar muhokamasi hamda taqdirlash marosimi amalga oshirildi.
O‘zbekistonning bunday tashabbuslarda ishtirok etishi nafaqat mamlakatning xalqaro maydondagi taniqligini oshiradi, balki turizm sohasida hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ham yaratadi.
