“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistratura dasturlariga qabulni e’lon qiladi
2025-07-11 12:50:00 / Yangiliklar

Magistratura bosqichida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud: * Turizm va mehmondo‘stlik * Menejment * Biznesni boshqarish * Iqtisodiyot * Logistika * Arxeologiya * Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash.
Universitet rahbariyatining ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalishlar mintaqada va xalqaro miqyosda katta talabga ega bo‘lgan sohalarni qamrab oladi. Darslar xalqaro tajribaga ega malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Shuningdek, talabalar uchun xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tash imkoniyatlari yaratilgan.
Universitet bugungi kunda nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida turizm va madaniy meros sohalarida yetakchi kadrlar tayyorlayotgan maskan sifatida tanilgan.
Qabul va o‘qishga oid batafsil ma’lumotlar quyidagi telefon raqamlari orqali taqdim etiladi:
📞 66-240-67-70 📞 66-240-86-86 📞 66-240-67-86
