O‘zbekiston va Kuvayt turizm sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar
2025-07-10 13:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuv doirasida davlatlarning turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, “Umra+” dasturiga qo‘shimcha madaniy, sarguzasht va qishki turizm yo‘nalishlarini keng targ‘ib qilish, shu jumladan, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti va “Zomin” turistik rekreatsion zonalarini ilgari surish, turizm sohasidagi yirik sayyohlik ko‘rgazmalarida ishtirok etish, o‘zaro targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va havo qatnovlari sonini ko‘paytirish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar 2025-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kuvayt Davlatiga rasmiy tashrifi davomida imzolangan “2025 – 2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Kuvayt Davlati Hukumati o‘rtasida turizm sohasida chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq Harakat rejasi loyihasini ishlab chiqishga va hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.


