O‘zbekiston o‘zining sayyohlik salohiyatini namoyon etish orqali o‘monliklar va Maskat mehmonlarining qalbini zabt etmoqda
2025-07-07 09:30:00 / Yangiliklar

Tadbir Turizm qo‘mitasi va mamlakatimizning O‘mondagi diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish hamda uning boy madaniy merosiga e’tiborni jalb etish maqsadida o‘tkazildi. Raqs va musiqa orqali mehmonlar O‘zbekiston ruhini his etish va milliy an’analar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu, ayniqsa, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va arab davlatlaridan sayyohlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu rang-barang taqdimot O‘zbekistonni dunyo sayyohlik xaritasidagi istiqbolli yo‘nalish sifatida keng ko‘lamli tanishtirish doirasida amalga oshirildi. U forumning asosiy maqsadlarini - mamlakat nufuzini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonni “Ipak yo‘li durdonasi” sifatida targ‘ib qilishni yaqqol namoyon etdi.






