"Samarqand oshi" festivali
2025-08-01 / Voqealar taqvimi

Samarqand oshi qadimdan ajoyib mazasi bilan dong taratgan!
Endi bu qadriyat va ta'mni xalqaro miqyosda tanitish maqsadida yurtimizda ilk bora "Samarqand oshi" festivali o‘tkazilmoqda!
Festivalda sizni nimalar kutmoqda?
1- kun (Sadriddin Ayniy ko'chasi) - Mahalliy oshpazlar ishtirokida musobaqa
2 - kun (Alisher Navoiy ko'chasi) - Xorijiy oshpazlar ishtirokida festival
3 - kun (Boqiy Shaxar majmuasi) - 7 tonna osh tayyorlash jarayoni;
Har kuni
200 dam ortiq oshpazlar ishtirokida musobaqalar;
20+ turdagi noyob osh tayyorlash jarayonlari;
Osh tayyorlash bo‘yicha oshpazlardan mahorat darslari;
Xorijiy mamlakatlarning oshlarini tayyorlash jarayonlari;
Hunarmandchilik va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari;
Madaniy ko'ngilochar kontsertlar
Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari uchun ulkan mukofotlar!
Festival sanasi: 1, 2, 3-avgust kunlari, 2025-yil
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri
Osh sirlarini o‘rganish, an'analarni saqlab qolish va ajoyib hissiyotlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
