“National Geographic Traveler” jurnali sahifalarida O‘zbekiston haqida maqolalar e’lon qilindi
2025-07-01 16:40:00 / Yangiliklar

Maqolalarda O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy maskanlarning noyob me’morchiligi, yurtimizning xushmanzara joylari, hamda chet ellik sayyohlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida so‘z yuritiladi.
“National Geographic Traveler” jurnali sahifalarida mamlakatimiz haqida e’lon qilingan ushbu maqolalar O‘zbekistonning xalqaro imidjini mustahkamlash, chet ellik sayyohlar oqimini oshirish hamda turizm sohasining jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun: “National Geographic Traveler” butun dunyoda eng mashhur sayyohlik jurnallaridan biri sanaladi va dunyodagi eng faol va jadal rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishlari haqida maqolalar va sharhlarni nashr etadi.

