Samarqandda “Xalqaro havo sharlari festivali” bo‘lib o‘tdi
2025-06-30 12:25:00 / Yangiliklar
Yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish hamda xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida Samarqand viloyati Urgut tumanida “Xalqaro havo sharlar festivali” tashkil etildi.

Havo sharlari festivali viloyatda turizmni rivojlantirish va hududning jozibador sayyohlik maskani sifatidagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Ikki kun davom etgan festivalda 25 ta rang-barang havo sharlari osmonga ko‘tarildi. Tadbirda 10 ga yaqin davlatdan 100 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
Festival doirasida konsert va DJ shou dasturi, Gastronomik festival, milliy folklor chiqishlar, milliy liboslar ko‘rgazmasi, simfonik orkestr chiqishlari, otlarda sayr qilish, Motodrift shou, bolalar uchun attraksionlar, rassomlar va xattotlik namunalari ko‘rgazmasi, milliy o‘yinlar va qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi.




