Mo‘g‘ulistonda “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi tashkil etildi
2025-06-24 03:25:00 / Yangiliklar
Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston - Buyuk Ipak yo‘li durdonasi” O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston turizm forumi doirasida Ulan-Bator mehmonlari va aholisi uchun Prezident Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, infratuzilmani rivojlantirish va yangi sayyohlik obyektlarini barpo etish, madaniy meros yodgorliklari, milliy taomlar, hunarmandchilik hamda o‘zbek xalqining an’analarini aks ettiruvchi "Yangi O‘zbekiston" nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.

Yurtimizda ro‘y berayotgan ilg‘or o‘zgarishlar ramzi bo‘lgan tarixiy obidalar, tabiat manzaralari va zamonaviy arxitektura tasvirlari tashrif buyuruvchilarning alohida e’tiborini tortdi.
Ichki va tashqi turizmni rivojlantirish bo‘yicha faol davlat siyosati natijasida yaratilgan “Amirsoy”, “Boysun”, “Zomin”, Samarqand turistik markazi va boshqa yangi barpo etilgan turizm infratuzilmasi obyektlari namoyish etildi.
Mehmonlar tarixiy-madaniy merosimizning boyligi, shuningdek, turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ko‘lami va yo‘nalishlari haqida yanada to‘liqroq tasavvurga ega bo‘ldilar.



