Mo‘ynoqdagi “Stixiya” festivalida turizm va madaniyat uyg‘unlashmoqda
2025-05-30 17:15:00 / Yangiliklar

Bu yil “Stixiya” festivali Markaziy Osiyo DJ va musiqachilariga alohida e’tibor qaratib, mintaqaning klub madaniyatini targ‘ib qilish uchun noyob maydon vazifasini o‘tamoqda. Festival doirasida turli musiqiy yo‘nalishlarni namoyish etuvchi bir nechta sahna faoliyat ko‘rsatmoqda.
Musiqadan tashqari, mehmonlar Yoshlar saroyida o‘tkaziladigan va IT-mutaxassislar, startaperlar, sarmoyadorlar hamda sanoat vakillarini bir joyga to‘playdigan “Stihia x Qoraqalpog‘iston Raqamli Forumi 2025” mahorat darslarida qatnashishlari mumkin. Forum texnologiyalar istiqboli, mintaqa rivojlanishi va yoshlar uchun yangi imkoniyatlarga bag‘ishlanadi.
Shunday keng qamrovli va serqirra tadbir nafaqat elektron musiqa muxlislarini, balki zamonaviy san’at, fan va ekologiyaga qiziquvchilarni ham jalb etib, Mo‘ynoqda sayyohlikni jadal rivojlantirishga ko‘maklashadi. Festival tufayli Mo‘ynoqning madaniy va sayyohlik maskani sifatidagi nufuzi oshib bormoqda, bu esa mahalliy infratuzilma va xizmat ko‘rsatish sohasining taraqqiyotiga turtki berib, tadbirkorlar va hudud aholisi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Festivalning kemalar “qabristoni” fonidagi o‘ziga xos joylashuvi maskanning tarixiy va tabiiy qimmatini ta’kidlab, mehmanlarda yorqin va unutilmas taassurotlar uyg‘otadi, bu esa qayta tashrif buyurishlar va ijobiy fikr-mulohazalarga sabab bo‘ladi.









