Ta’ziya!
2025-05-26 15:20:00 / Yangiliklar

Z.A. Hаkimov turli yillarda mas’ul va rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston Badiiy fondiga rahbarlik qilgan, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Prezident devoni tuzilmalarida ishlagan, Madaniyat vaziri, “O‘zteleradiokompaniya” raisi, shuningdek, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyotining yetakchi ilmiy muharriri bo‘lgan. U tarix, arxeologiya va arxitektura yo‘nalishlarida 50 dan ortiq ilmiy asarlar — maqolalar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi. 1970–1979 yillarda sovet-afg‘on arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Afg‘oniston shimolida o‘nlab qadimiy voha va manzillarni aniqlagan.
Zafar Abdullayevich Hakimovning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Bu insonning yorqin xotirasi, fidokorona mehnati doimo ilm ahli, shogirdlari va uni qadrlagan barcha insonlar qalbida mangu saqlanib qoladi.
