“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi
2025-05-21 12:30:00 / Yangiliklar

Aksiya doirasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli, faol va ekologik ongli yoshlar Orolbo‘yi hududiga sayohat qilib, bu yerda yuzaga kelgan ekologik falokat oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi va bu orqali ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqiriladi.
Tadbir davomida yoshlar ekologik seminarlar, ijtimoiy loyihalar taqdimoti, ko‘chat ekish, ekologik tozalash ishlari kabi faoliyatlarda ishtirok etishadi. Shuningdek, ular mahalliy aholining hayoti, qadimiy tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
Aksiya nafaqat ekologik muammolar haqida xabardorlikni oshiradi, balki yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni atrof-muhitni asrashga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus orqali ekologik mas’uliyat hissi, vatanparvarlik va ijtimoiy faollik kabi muhim fazilatlar mustahkamlanadi.