O‘zbekiston gastronomiyasi Ozarbayjonda xalqaro pazandachilik chempionatida e’tirof etildi
2025-05-19 17:40:00 / Yangiliklar

Bunday madaniy almashinuvning yorqin misollaridan biri 13-16 may kunlari Turizm qo‘mitasi ko‘magida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasining Ozarbayjonning Boku Ekspo markazida mintaqadagi eng nufuzli pazandachilik musobaqalaridan biri — “Golden Shah 2025” chempionatidagi ishtiroki bo‘ldi.
Chempionat Worldchefs va Ozarbayjon Pazandachilik Muttaxassislari Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etildi va unda Turkiya, Xorvatiya, Qozog‘iston, Singapur, Serbiya va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Musobaqa juda yuqori darajadagi raqobat muhitida o‘tdi — har bir jamoa o‘zining professionalligi, kreativ yondashuvini namoyish etdi. Oshpazlar uyushmasi jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir qator nominatsiyalarda sovrinli o‘rinlarni egalladi.






