9 may – Xotira va Qadrlash kuni
2025-05-08 10:55:00 / Yangiliklar
9 may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida belgilangan dam olish kunlarida respublika bo‘ylab turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar va sayrlar tashkil etiladi.

Barcha fuqarolarimiz va yurtimiz mehmonlarini ushbu ulug‘ sana munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga, ayniqsa, Vatan tarixi va milliy merosimizni yodga olish, ulug‘ avlodlar xotirasini e’zozlash maqsadida faoliyat yuritayotgan muzeylarga tashrif buyurishga chorlaymiz.
Muzeylar eshiklari 9-10-11-may kunlari ochiq:
- Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi (soat 10-00 dan 17-00 gacha) - O‘zbekiston tarixini yorituvchi muhim madaniy-ma’rifiy maskanlardan biridir. Ushbu muzey siyosiy qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish, yosh avlodga tarixiy saboq berish maqsadida tashkil etilgan (http://muzey-xotira.uz/).
- G‘alaba bog‘i va Shon-sharaf muzeyi (soat 09-00 dan 18-00 gacha) – Ikkinchi jahon urushidagi o‘zbekistonliklarning jasorati, jangovar orden-medallar, askarlarga oid hikoyalar bilan tanishish mumkin (https://shon-sharaf.uz/oz).
- Temuriylar tarixi davlat muzeyi (soat 10-00 dan 18-00 gacha) – Garchi asosiy mavzu Temuriylar davri bo‘lsada, bu yerda ham milliy qahramonlik ruhi aks ettirilgan alohida ekspozitsiyalar mavjud (https://temurid.uz/boglanish/).
