Londonda o‘tkaziladigan festivalda O‘zbekistonning gastronomik turizmi taqdim etiladi
2025-05-08 10:15:00 / Yangiliklar

Festival doirasida 23-iyun kuni Londonda forum tashkil etiladi. Unda O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimotlari o‘tkaziladi, sohaning asosiy vakillari bilan uchrashuvlar hamda Buyuk Britaniyaning yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan B2B muzokaralari tashkil etiladi.
Tadbirlar O‘zbekistonning boy sayyohlik va madaniy merosini, shuningdek, uning rang-barang gastronomiyasini namoyish etishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasidagi sayyohlik oqimining o‘sishiga ko‘maklashgan holda turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni ham maqsad qilgan.
Qiziqish bildirgan sayyohlik kompaniyalari va tashkilotlarni 20-maygacha ariza topshirishga va tadbirlarda ishtirok etishga taklif etamiz. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (+998 78) 129-09-90 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki foreignprojects@nationalprcentre.com elektron pochta manziliga xat yo‘llashingiz mumkin.
