Toshkent “Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan”ga taklif etmoqda: gastronomiya, an’analar va sayyohlik
2025-05-07 15:55:00 / Yangiliklar

Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida festival haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, mehmonlar dunyoning turli xalqlarining an’anaviy choy marosimlari bilan tanishish, shuningdek, o‘zbek mintaqaviy choy ichish an’analarining o‘ziga xos jihatlari haqida ko‘proq bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ko‘rgazmalar, mahorat darslari, seminarlar va konsertlar ham tashkil etiladi. Festivalda choy va qahva sanoatining 70 dan ortiq kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishi kutilmoqda.
Festival chet eldan kelgan yetakchi baristalar va qahva sanoati vakillarini to‘playdi. Ular yakka tartibdagi va jamoaviy musobaqalarda, jumladan latte-art bellashuvlarida o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. Ko‘rgazmalar, ta’lim sessiyalari va ishbilarmonlik dasturi tadbirni tajriba almashish, xalqaro aloqalar o‘rnatish hamda qahva, choy va mehmondo‘stlik sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlarni targ‘ib qilish uchun noyob platformaga aylantiradi.
Bu yilgi asosiy yangilik xayriya kimoshdi savodosi bo‘lib, unda qahva quyqasi yordamida yaratilgan to‘rtta surat sotuvga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan” xalqaro festivali 2022 yildan beri har yili o‘tkazib kelinmoqda.




